2025-yildan boshlab davlat pulini boshqarishda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi
eʼlon qilindi
Davlat xarajatlari samaradorligi oshiriladi

Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, budjet barqarorligini ta’minlash va intizomini kuchaytirish orqali budjet taqchilligini qisqartirib borish belgilandi. 2025 – 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
- budjet intizomini ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish;
- oʻrta muddatli budjetlashtirishda strategik ustuvorlikni ta’minlash;
- davlat xaridlari va investitsiyalarning samaradorligini oshirish.
Tasdiqlangan strategiya besh yilga moʻljallangan boʻlib, unda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha 16 maqsad belgilab olingan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-aprel kuni harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik uchun toʻlanadigan oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshirilgani haqida yozgan edi.