Saudiya Arabistonida yangi neft va gaz konlari topildi

eʼlon qilindi
Oltita neft koni, to‘rtta gaz havzasi va bir nechta kondensat zaxiralari
Saudiya Arabistonida neft va gaz konlari topildi / Foto: Reuters

Saudi Aramco kompaniyasi Saudiya Arabistonining sharqiy viloyati va bo‘sh kvartalida bir qator yangi neft va gaz konlarini aniqladi. Bu haqda Arab News nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmonning aytishicha, kashfiyotlar orasida oltita neft koni, to‘rtta gaz havzasi va bir nechta kondensat zaxiralari mavjud.

Sharqiy viloyatda Jabu, Sayahid va Ayfan konlarida juda yengil neft, Berri va Mazalij konlarida esa yengil neft va gaz oqimi aniqlangan. Bo‘sh kvartalda esa Nuwayr, Damdah va Qurqas konlaridan o‘rtacha sifatli neft, Marzouq konidan esa katta hajmda tabiiy gaz topilgan.

Bu kashfiyotlar Saudiya Arabistonining energiya bozoridagi yetakchiligini mustahkamlab, «2030 Vizyon» dasturida ko‘zda tutilgan barqaror rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish maqsadlariga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekiston Neft va Gaz» jurnali faoliyatini qayta tiklangani haqida yozgan edik.

Shuningdek