Oʻzbekiston U-17 chorak finalda BAAga qarshi maydonga tushadi

eʼlon qilindi
Saudiya Arabistonining Toif shahrida joylashgan “Qirol Fahd” stadionida
Oʻzbekiston «U-17» chorak finalda BAAga qarshi maydonga tushadi / Foto: O‘FA

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak final bosqichida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Uchrashuv 13-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da Saudiya Arabistonining Toif shahrida joylashgan «Qirol Fahd» stadionida boʻlib oʻtadi.

Foto: O‘FA

Ma’lumot uchun, U-17 Osiyo Kubogining «A» guruhida barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozongan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 9 ochko bilan guruhda birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston o‘smirlar futbol jamoasi 2025-yilgi Osiyo U-17 Kubogi doirasida Saudiya Arabistoni ustidan g‘alabaga erishgan edi.

Shuningdek