O‘zbekiston aholining qancha qismi mehnatga yaroqli
eʼlon qilindi
2025-yil 1-aprel holatiga

Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37 mln 697,8 ming kishiga yetdi.
Aholining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha taqsimlangan: mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar soni 12 mln 116,3 ming nafarni (32,1 %) tashkil etadi. Mehnatga layoqatli yoshdagilar – 21 mln 112,5 ming kishi (56,0 %), mehnatga layoqatli yoshdan kattalar esa 4 mln 469 ming kishini (11,9 %) tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikaning 16 hududi jadal kompleks asosida rivojlantirilishi haqida yozgan edik.