NKMK ishlab chiqarish hajmini 27,8 trillion so‘mga yetkazdi

2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) 27,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, yanvar oyidan mart oyigacha kombinat 753,5 ming unsiya oltin qazib oldi. NKMK investitsiya dasturi doirasida $118,4 trln o‘zlashtirib, deyarli 700 ta yangi ish o‘rni yaratdi. Xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar mahsulot tannarxini 786 mlrd so‘mga kamaytirishga imkon berdi.
Hisobot davrida kombinat Muruntov konidagi ishlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqdi. Loyiha natijasida ikkinchi gidrometallurgiya zavodiga ruda yetkazib berish hajmi 60 million tonnagacha oshiriladi.
Bundan tashqari, kombinat Qoqpatos va Dovg‘iztau konlarini o‘zlashtirish uchun 100 dan ortiq texnikalar xarid qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Markaziy banki fevral oyida eng koʻp oltin sotuvchiga aylangan edi.