Muhammad Salah “Liverpul”da qoladi

eʼlon qilindi
Yana ikki yil muddatga
Muhammad Salah «Liverpul»da qoladi / Foto: Facebook.com

Misrlik hujumchi Muhammad Salah «Liverpul» bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi va klubdagi faoliyatini to‘qqizinchi mavsumga uzaytirdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Uning oldingi shartnomasi yozda yakunlanishi kerak edi, ammo u joriy mavsumdagi ajoyib o‘yinlari — 45 o‘yinda 32 gol — evaziga klubda qolishga qaror qildi.

Salah «Liverpul»ga 2017-yilda kelgan bo‘lib, shu paytgacha 243 ta gol urdi va uch marta Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Joriy mavsumda ham bu unvonni yana qo‘lga kiritishi kutilmoqda.

Bosh murabbiy Arne Slot va klub muxlislari ushbu yangilikni katta mamnuniyat bilan kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Los-Anjeles – 2028»: futbol bahslari uchun yangi kvotalar belgilangani haqida yozgan edik.

Shuningdek