Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda sezilmadi
Tajikistonda zilzila sodir bo‘ldi / Foto: Pexels.com

Bugun, 14-aprel Toshkent vaqti bilan soat 05:45:02 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zilzilaning episentri Toshkentdan 260 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, sezilish kuchi 5 ballni tashkil etdi.

Zilzilaning magnituda 4,2 ballni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 10 km edi. O‘zbekiston hududida zilzila sezilmagan, ammo uning ta’siri yaqin mintaqalarda kuzatilgan.

Episentrning aniq koordinatalari: 39,18 N, 70,61 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezilgan edi.

Shuningdek