Uzum Market 2025-yilda 111 ta yangi punkt ochdi

Uzum Market milliy marketpleysi geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. 2025-yilning birinchi choragida buyurtma topshirish punktlari yana 78 ta shahar va qishloqda paydo bo‘lib, xizmatlar ko‘lamini 383 ta aholi punktigacha kengaytirdi. Yil boshidan beri 111 ta yangi topshirish punkti ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda platformada 1 milliondan ortiq turdagi tovarlar taqdim etilgan. Ular orasida oziq-ovqat, kiyim-kechak, elektronika, maishiy texnika va uy-ro‘zg‘or buyumlari mavjud.
«Biz uchun eng muhimi, zarur mahsulotlarni arzon narxlarda taklif qilish va ularni butun mamlakat bo‘ylab, hatto eng kichik qishloqlargacha tez yetkazib berish imkoniyatini yaratishdir, – dedi Akmal Rahimov. – Bugungi kunda Uzum Market’da 1000 dan ortiq topshirish punktlari faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni ikki baravar oshirib, xaridorlarimiz va sotuvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqchimiz», – dedi Akmal Rahimov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Market bozoridagi ustun mavqeyi yuzasidan rasmiy munosabat bildirgani haqida xabar bergan edi.