O‘zbekistonliklar Turkiyadagi soxta ish takliflaridan ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona ogohlantirdi
Turkiya
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi soxta ish takliflaridan ogohlantirildi / Foto: bennymarty / depositphotos.com

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada fuqarolarni ishga joylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘payayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Istanbul Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, ayrim shaxslar yuqori maosh, bepul uy-joy va rasmiy hujjatlar va’dasi bilan fuqarolarni aldab, ularni noqulay sharoitlarda ishlashga majbur qilmoqda. Bu holatlar, asosan, tanish-bilishlar orqali taklif etilayotgan ishlar natijasida yuz bermoqda.

Bunday vaziyatlarda fuqarolar O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki +90 (553) 541 17 17 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Turkiyada ishlashda chet ellik fuqarolardan maxsus ish ruxsatnomasiga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Avvalroq «Kursiv» AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek