
Xiaomi kompaniyasi 2024-yil ikkinchi yarmidan boshlab HyperOS 3.0 tarqatilishini boshlaydi. Bu haqda Menow nashri ma’lum qildi.
Yangi interfeys qurilmalarning ishlashi va energiya samaradorligini oshirish, dizaynni yangilash hamda AI funksiyalarini joriy etish orqali tajribani sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda. HyperOS 3 ayrim modellar uchun Android 16, boshqalar uchun esa Android 15 asosida chiqariladi.
HyperOS 3 oladigan qurilmalar ro‘yxati
Quyidagi jadvalda smartfon va planshetlar toifalarga ajratilgan:






Ba’zi qurilmalar HyperOS 3 yangilanishini Android 16 asosida olsa qo‘llab-quvvatlash muddati tugashiga yaqinlashayotgan modellarga HyperOS 3 Android 15 bazasida taqdim etiladi.
Tarqatish 2025-yil ikkinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yuzdan ortiq Xiaomi, Redmi va Poco qurilmalari HyperOS 2.0 yangilanishini olgani haqida xabar bergan edi.