Leapmotor C16 avtomobillari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

eʼlon qilindi
Ruxsatnomaga ega bo‘ldi
Leapmotor C16 avtomobillari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi / Foto: Leapmotor

Leapmotor C16 avtomobillari BMTning 10-son qoidalariga muvofiq deb topildi va ularni respublikada muomalaga chiqarishga shartli ruxsat berildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Mart oyida Xitoyning Leapmotor kompaniyasiga tegishli C16 rusumli avtomobillarda aniqlangan nomuvofiqliklar sababli ularning sertifikatlash jarayoni vaqtincha to‘xtatilgandi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida O‘zTest DM tomonidan kompaniyaga murojaat yuborildi.

Natijada 7-aprel kuni Leapmotor vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mavjud muammolarni muhokama qilishdi. 14-aprel kuni esa Piskent tumanidagi sinov laboratoriyasida C16 avtomobillari BMTning 10-son qoidalariga muvofiq qayta sinovdan o‘tkazildi. Sinov jarayonida OAV vakillari, blogerlar va mutaxassislar ham ishtirok etdi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Leapmotor C16 avtomobillari belgilangan talablarga javob berdi va ularni muomalaga chiqarishga shartli ruxsat berildi. Bunda ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonda vakolatli yuridik shaxsni belgilashi, kerakli hujjatlarni taqdim etishi va ishlab chiqarish shartlarini nazoratga olish shartlari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Leapmotor B10 rasman sotuvga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek