Kosmos F5: yangi dizaynga ega yig‘ma elektr velosiped taqdim etildi

eʼlon qilindi
Narx $1,5 mindan boshlanadi
Kosmos F5
Kosmos F5: yangi dizaynga ega yig‘ma elektr velosiped taqdim etildi / Foto: kickstarter.com

Janubiy Koreyaning Kosmos startapi shahar uchun mo‘ljallangan yig‘ma elektr velosiped — Kosmos F5 modelini taqdim etdi. Bu haqda kickstarter nashri ma’lum qildi.

Kosmos F5 ikki versiyada taqdim etiladi:

  • F5: markaziy elektr motorli, 65 Nm moment kuchiga ega.
  • F5max: orqa g‘ildirakda motor, 45 Nm moment kuchi, pedallarda sensor, mobil ilova bilan ishlaydi.

Ikkala modelda ham 36 V kuchlanishli, 10,4 Ah sig‘imli batareya o‘rindiq ustuniga joylashtirilgan bo‘lib, pedal yordamida 74 km gacha yurish masofasini ta’minlaydi.

Korpus 6061 alyuminiy qotishmasidan yasalgan. Velosipedlarning og‘irligi 22 kg atrofida, buklangandagi o‘lchami esa 81x78x40 sm. Shinalar teshilishga chidamli bo‘lib, 22×3 dyuym, shishirish talab etilmaydi.

Tormoz tizimi ham farqlanadi: old tarafda mexanik jantli, orqa tarafda gidravlik diskli tormozlar mavjud. Transmissiya tizimi besh pog‘onali mexanik uzatma yoki tishli kamar bilan ta’minlangan.

Foto: kickstarter.com

Narxlar:

  • F5 — $1,5 ming(kickstarter.com orqali).
  • F5max — $1,7 ming.

Ikkita rangda taqdim etiladigan ushbu velosipedlar 2025-yil iyul oyida cheklangan mamlakatlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Kosmos F5 dizayn va funksionallikni birlashtirgan innovatsion transport vositasi sifatida bozorga kirib kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kawasaki kelajak robot oti konseptini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek