Moliyachi ilovasi eng ko‘p yuklanib olingan ilovalar qatorida yetakchi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Umumiy reytingda esa ayni damda 4-o‘rinda
Moliyachi ilovasi
Moliyachi ilovasi eng ko‘p yuklanib olingan ilovalar qatorida yetakchi bo‘ldi / Foto: oylikbot

Yaqinda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Oylikbot» dasturiga muqobil sifatida xavfsiz va qulay bo‘lgan «Moliyachi» axborot tizimi sinov rejimida ishga tushirilgan edi.

Bugun ushbu ilova Play market’da eng ko‘p yuklab olingan moliyaviy ilovalar reytingida birinchi o‘ringa chiqdi. Umumiy reytingda esa ayni damda 4-o‘rinda.

Foto: Moliyachi ilovasi moliyaviy ilovalar reytingida
Foto: Ilova umumiy ilovalar reytingida

Bunga sabab aynan uning oylik bot o‘rniga chiqarilgani va ushu botning faoliyati to‘xtagani bilan bog‘liq. Bot foydalanuvchilari ommaviy ravishda bu ilovani yuklab olayotgani sababli yuqori o‘ringa ko‘tarilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oylik va kasallik varaqasi bo‘yicha ma’lumotlar uchun yangi tizim ishga tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek