Yandex «Alisa»ga ingliz tilida ravon gapirish va mantiqiy fikrlash imkoniyatlarini qo‘shdi

15-aprel 2025 21:36 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Yandex «Alisa» uchun eng yirik yangilanishni taqdim etdi / Foto: Yandex

Yandex o‘zining raqamli yordamchisi «Alisa» uchun hozirgacha bo‘lgan eng katta yangilanishni joriy qildi. Endilikda «Alisa» mantiqiy fikrlay oladi, hujjatlar bilan ishlaydi va ingliz tilida aksentsiz gapira oladi.

Bu yangilanish YandexGPT 5 Pro va multimodal neyrotarmoq (Visual Language Model) asosida amalga oshirilgan. «Alisa» endi savolga javob berishdan oldin uni tahlil qilib, fikrlash zanjiri orqali izchil tushuntira oladi.

Foto: Yandex

Yordamchi PDF, DOC, DOCX va TXT formatdagi hujjatlar bilan ishlay oladi. Buning uchun foydalanuvchi hujjatni yuklab, vazifani belgilashi kifoya. Chatga surat yuklab, u haqida savol berish ham mumkin.

Yana bir yangilik – «Live» rejimi. Bu funksiya smartfon kamerasidan foydalanib, «Alisa»ga ko‘rsatilgan obyektni tanib olish va izohlash imkonini beradi.

Foto: Yandex

Shuningdek, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinlar va mashg‘ulotlar ham kengaytirildi. Endi 3 – 5 yoshli bolajonlar uchun xotira, mantiq, motorika va nutqni rivojlantiruvchi topshiriqlar mavjud. Yangi imkoniyatlar «Pro» opsiyasi doirasida taqdim etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekran va tugmalarsiz sun’iy intellektli qurilma yaratilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek