O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi
eʼlon qilindi
13,70 so‘mga oshdi

17-aprel kuni bir AQSh dollarining rasmiy kursi 13,70 soʻmga oshib, 12 994,59 soʻmni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 910 – 12 950 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 985 – 13 045 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 38,92 soʻmga yuqorilab, 14 761,85 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 157,68 soʻmga teng boʻldi.
Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.