Tramp Xitoy tovorlariga nisbatan tariflarni 245 foizga oshirish bilan tahdid qildi

Qoʻshma Shtatlar Xitoy tovarlariga bojlarni 125 foizdan 245 foizga oshirishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Donald Tramp AQShning muhim minerallar importiga tayanishi bilan bogʻliq xavflarni oʻrganishni buyurgan. Vashington xomashyo taʼminotining iqtisodiyotga taʼsirini aniqlash va zaif tomonlarini bartaraf etishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq davlat rahbari AQSh bilan savdo kamomadi eng koʻp boʻlgan davlatlar uchun individual bojlar joriy qilgan edi. Biroq keyinchalik u qarorini toʻxtatgan.
Oq uy ma’lumotlariga koʻra, oʻndan ortiq davlat Qoʻshma Shtatlardan savdo tariflarini qayta koʻrib chiqishni muhokama qilishni soʻragan edi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp bojlarining Oʻzbekiston savdosiga ta’siri haqida maqola e’lon qilgan edi.