Asterium kompaniyasi O‘zbekistondagi uchinchi kriptobirja bo‘ldi – ILMA

eʼlon qilindi
Kompaniya kriptodo‘kon sifatida ham litsenziyaga ega
Kripto-birja
Foto: HayDmitriy/Depositphotos.com

15-aprel kuni Asterium kompaniyasi kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderi sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) matbuot xizmati xabar berdi.

ILMA rahbarining 14-apreldagi buyrug‘i asosida Asterium kompaniyasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan uchinchi kriptobirja sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Mart oyida kompaniya kriptodo‘kon sifatida faoliyat yuritish uchun rasmiy litsenziya olgani haqida xabar berilgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan City Pay Gate kompaniyasi kriptoaktivlar sohasida ikkita litsenziya olgani haqida yozgandi.

Shuningdek