Asterium ilovasi yaqin 2 oy ichida taqdim etiladi — kompaniya vakili
eʼlon qilindi
Ayni paytda texnik va dizayn jarayonlari yakuniga yetmoqda

16-aprel kuni Toshkentda boshlangan Crypto Week Uzbekistan 2025 xalqaro forumida Asterium kriptobirjasining muvofiqlik bo‘yicha direktori Azamat Turganbayev Kursiv Uzbekistan muxbirining savoliga javob berar ekan, birjaning rasmiy ilovasi yaqin ikki oy ichida taqdim etilishini ma’lum qildi.
«Ayni paytda texnik va dizayn jarayonlari yakuniga yetmoqda. Ilova testdan o‘tkazilib, yaqin orada foydalanuvchilarga taqdim etiladi», — dedi Turganbayev.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Asterium kompaniyasi O‘zbekistondagi litsenziya olgan uchinchi kriptobirja bo‘lgani haqida xabar bergan edi.