17-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi

17-aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘irlar va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.
Toshkentda havo biroz bulutli, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat 22-24° atrofida, shamol g‘arbdan esadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa qisqa muddatli yomg‘irlar va chang-to‘zonli shamollar kutilmoqda. Harorat kunduz 18-23° oralig‘ida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham holat o‘xshash: yomg‘ir, shamol va chang-to‘zonlar ehtimoli mavjud. Harorat esa 18-23° atrofida saqlanadi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tushdan keyin yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor, ba’zi hududlarda kuchli shamollar esadi. Harorat 20-25°.
Qashqadaryoda yomg‘ir va kuchli shamollar kutilmoqda, kunduzi harorat 20-25° gacha ko‘tariladi.
Surxondaryo eng issiq viloyatlardan biri bo‘lib qolmoqda – kunduzgi harorat 28-33°! Ammo yomg‘ir va momaqaldiroq bu yerda ham bo‘lishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘onada kechga tomon yomg‘ir yog‘adi, harorat 21-26° atrofida.
Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va momaqaldiroqlar kuchliroq bo‘lishi, hatto sel-suv toshqinlariga olib kelishi mumkin.