O‘zbekistondagi kabel ishlab chiqaruvchi kompaniya YTTBdan 20 mln yevro oladi

eʼlon qilindi
Pul kredit shaklida taqdim etiladi
mis
YTTB «Artikul Aziya Kabel» korxonasiga 20 mln yevrogacha kredit ajratadi / Foto: Unsplash

Oʻzbekistonning mis simlar ishlab chiqaruvchi «Artikul Aziya Kabel» korxonasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YTTB) 20 mln yevro miqdorida kredit oladi. Bu haqda YTTB saytida xabar berildi.

Kredit «Artikul Aziya Kabel» mahsulotini ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport hajmini oshirishga yoʻnaltiriladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yashil energiyada qoʻllaniladi.

Moliyalashtirish kompaniyaning Markaziy Osiyoda kabel va simlar yetkazib beruvchisi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi. Kredit «Artikul Aziya Kabel» kompaniyasiga oʻz mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga eksport qiluvchiga aylanishga yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki (ITB) oʻrtasida $40 mlnlik grant shartnomasi imzolangani haqida yozgan edi.

Shuningdek