O‘zbekiston U17 terma jamoasi finalga yo‘l oldi

18-aprel 2025 00:21 eʼlon qilindi

(18-aprel 2025 11:45 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
O‘zbekiston U17 terma jamoasi
O‘zbekiston U17 terma jamoasi finalga yo‘l oldi / Foto: UFA

Saudiyada davom etayotgan U17 Osiyo kubogining yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston – KXDR uchrashuvi yakunlandi. Nominal mezbonlar uch to‘p farqi bilan finalga yo‘l oldi.

O‘yinning birinchi bo‘lim 31-daqiqasida Sadriddin Hasanov hisobni ochdi. 40-daqiqada KXDR o‘yinchisi Myong-Bom K qizil kartochka oldi va Shimoliy koreyaliklar o‘yinda bir kishi kam bo‘lib qoldi.

Ikkinchi taymda O‘zbekiston terma jamoasi hujumlar sonini yanada ko‘paytirdi. Natijada o‘yinning 62-daqiqasida Jamshidbek Rustamov chiroyli gol bilan o‘rtadagi farqni bittaga oshirdi. 3 daqiqa o‘tgach Abubakir Shukurullayev yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va O‘zbekiston U17 terma jamoasi finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston U17 terma jamoasiga Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgan Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxon Arena uch yillik tanaffusdan so‘ng qayta foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek