Samsung uzugi o‘zi qanday ishlaydi

18-aprel 2025 11:50 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
samsung uzugi
Samsung ring – samsung uzugi o‘zi qanday ishlaydi / Foto: TechRadar

Samsung uzugi bozorda paydo bo’ldi. Kursiv Uzbekistan Sammobile nashri ma’lumotlariga tayanib qiziqarli ma’lumotlarni to’pladi.

Dizayn

Uzuk suv o‘tkazmaydigan qoplama bilan ta’minlangan. U bilan dush qabul qilish yoki suzish mumkin. Teri ta’sirlashi kabi muammolar kuzatilmaydi. Atigi 7 mm kenglik va 2,6 mm qalinlikdagi uzuk juda ixcham. Samsung botiq shaklni tanlagan. Bu uning ko‘zga tashlanmasligini ta’minlaydi. Bu hozirgacha ko’rilgan eng «oddiy uzukka o’xshash» aqlli uzukdir. Uzukni xarid qilganingizda, o‘lchov to‘plami yuboriladi. Samsung uzukni ko‘rsatkich barmog’ingizga taqishni tavsiya qiladi.

Foto: Sammobile

Salomatlik va jismoniy faollikni kuzatish

Samsung uzugi muhim salomatlik ko’rsatkichlarini kuzatadigan qurilmadir. Unda displey yo’q. U qondagi kislorod, uyqu, teri harorati va yurakni kuzatib boradi. Barcha ma’lumotlar Samsung Health ilovasiga yuboriladi. Sun’iy intellekt ma’lumotlarni energiya koeffitsienti uchun tahlil qiladi. Energiya koeffitsienti tanangizning umumiy holati uchun reytingdir. Bugun mashqda zorlangan bo’lsangiz, ertaga dam olishni tavsiya qiladi. Energiya koeffitsienti asosan aniq ishlaydi. Ba’zan koeffitsient sabablarsiz o’zgarishi mumkin.

Energiya hisobi / Foto: Sammobile

Uyqu sifatini kuzatish

Uzukda tungi harakatlar va uyquga ketish vaqti ham kuzatiladi. Teri harorati, uyqu bosqichlari, yurak va kislorod tahlil qilinadi. Barcha ma’lumotlar 100 ballik uyqu reyitingini tuzadi. Uzuk uyqu bosqichlarini juda aniq kuzatadi.

Imo-ishoralar bilan boshqarish

Bu One UI 6.1.1 bilan ishlaydigan qurilmalarda ishlaydi. Ikki marta qisib surat olish mumkin. Erta tongdagi signalni ham o’chirishingiz mumkin. Bu uzukni ko’rsatkich barmog’ingizga taqib yurganingizda ishlaydi.

Uzukning datchiklari / Foto: Sammobile

Samsung Health tajribasi

Samsung Health ilovasidagi tajriba juda muhimdir. Bu uzuk ma’lumotlarini ko’radigan yagona joydir. Afsuski, ilovada uzuk uchun alohida bo’lim yo’q. Uzukning ma’lumotlari boshqa qurilmalar bilan qo’shilib ketadi. Samsung Health’da uzuk kuzatgan ma’lumotlarni alohida ko’rish kerak edi.

Samsung health / Foto: Sammobile

Batareya quvvati

Samsung uzugi bir quvvatlashda yetti kungacha ishlaydi. O’lchamga qarab bu farq qiladi. Batareya quvvati barcha o’lchamlarda bir xil emas. Galaxy Watch bilan ishlatilganda umrini 30% gacha oshirish mumkin, Galaxy telefoni bilan ham ishlaydi. Uning narxi $399 turadi. Bu narxda hech qanday qo’shimcha obuna to’lovlari yo’q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy Tab S9 Ultra aslida kimlar uchun mo‘ljallanganligi haqida yozgan edi.

Shuningdek