BBC O‘zbekistonda yovvoyi tabiat haqida film suratga olmoqda

eʼlon qilindi
Navoiy viloyatida
BBC O‘zbekistonda yovvoyi tabiat haqida film suratga olmoqda / Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi

Hozirda BBC telekanalining suratga olish guruhi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Ular Navoiy viloyatida O‘zbekistonning yovvoyi tabiatiga bag‘ishlangan yangi film ustida ishlamoqda, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.

Unga ko‘ra, loyiha mamlakatdagi noyob qush turlarini asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni yoritishga qaratilgan.

Bu BBC guruhining O‘zbekistonga ikkinchi tashrifi bo‘lib, ular ilk bor 2024-yil aprel oyida kelgan edi.

Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimizning sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda O‘zbekistonga xorijiy OAV vakillari tez-tez tashrif buyurmoqda. 2024-yil davomida deyarli 2 ming xorijiy jurnalistlar akkreditatsiyadan o‘tkazilib, ular mamlakatning tabiiy boyliklari, tarixi, madaniyati va iqtisodiy salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BBC O‘zbekistondagi jadal rivojlanayotgan turizmning qorong‘i tomonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek