Umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bog‘larning 60 foizi yashil maydon bo‘ladi
Umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi / Foto: Build portal

«Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2025 – 2030-yillarda yurtimiz bo‘ylab birdamlik bog‘larini tashkil etish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqildi. 2025-yil 15-mayga qadar istirohat bog‘larining namunaviy loyihasi tayyorlanib, tasdiqlanishi belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, bog‘larning 60 foizi yashil maydon bo‘lib, u yerda daraxt va butalar ekiladi, piknik zonalari, bolalar uchun qumloq maydonchalar, ochiq osmon ostidagi kutubxonalar va san’at bilan shug‘ullanish hududlari tashkil etiladi. Sokin dam olish joylari daraxtlarga zarar yetkazmaslik sharti bilan barpo etiladi, buning uchun jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi va sug‘orish tizimi takomillashtiriladi.

Shuningdek, loyihada veloyollar, attraksionlar va oila a’zolari uchun mo‘ljallangan madaniy hordiq maskanlari qurilishi ham ko‘zda tutilgan. Ushbu bog‘lar nafaqat xalqimizning dam olishi, balki birdamlik, sog‘lom turmush tarzi va ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Orolbo‘yi hududiga 3 400 tup daraxt va buta ekilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek