Xiaomi 15 ta smartfon modeli uchun muhim yangilanish chiqardi – ro‘yxat

21-aprel 2025 10:45 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xiaomi 15 ta smartfon modeli uchun muhim yangilanish chiqardi / Foto: XiaomiTime

Xiaomi 15 ta smartfon modeli uchun aprel xavfsizlik yangilanishini taqdim etdi. U qurilmalardagi dasturiy ta’minotdagi xavfli zaifliklarni bartaraf etadi, deya yozmoqda XiaomiTime.

Unga ko‘ra, ushbu yangilanish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u qurilmadagi jiddiy xavfsizlik muammolarini bartaraf etadi. Jumladan, kompaniya ilovalar xotirasini boshqarishni yaxshilagan, bu esa zararli dasturlardan himoyani kuchaytirgan, shuningdek, tarmoq xavfsizlik protokollari ham takomillashtirilgan.

Yangilanish Xiaomi 14, Xiaomi 14 Pro, Xiaomi 13 Ultra, Xiaomi 12T Pro, Xiaomi 12S, Redmi Note 14 4G, Redmi Note 12 Pro, Redmi Note 12 Pro+, Redmi Note 12 Discovery, Redmi K80, Redmi K70, Redmi K50 Ultra, Poco X5 5G, Poco F7 Pro va Poco F6 Pro modellari uchun mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Grok’ning yangi «Voice with Vision» funksiyasi taqdim etilgan edi.

Shuningdek