O‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif qilinadi

eʼlon qilindi
Maosh 800 yevrodan boshlanadi
Bolgariyada ishlash niyatida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun ish / Foto: Depositphotos

Bolgariyada ishlash niyatida bo‘lgan o‘zbekistonliklar kuryer sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

«Workmall» xususiy bandlik agentligi tomonidan e’lon qilingan ushbu bo‘sh ish o‘rni uchun kamida bir yillik ish tajribasiga ega 25 – 45 yosh oralig‘idagi fuqarolar taklif qilinadi. Nomzod uchun A yoki B kategoriyali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish va rus, ingliz tillaridan birini muloqot darajasida bilish talab qilinadi.

Maosh 800 yevrodan boshlanadi. Saralab olingan nomzodlar uchun turarjoy, sug‘urta va aviabilet imtiyozlari beriladi.

Anketani to‘ldirish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Murojaat uchun tel: 71-200-86-00

Filiallar: Andijon (50-008-86-17), Buxoro (95-158-86-16), Farg‘ona (50-500-12-34), Jizzax (94-828-05-25), Namangan (90-273-93-93).

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbekistonliklar Kanadaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek