O‘zbekistonning Estoniyadagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Timur Rahmonov
Timur Rahmonov
O‘zbekistonning Estoniyadagi yangi elchisi tayinlandi / Foto: «Dunyo» axborot agentligi

O‘zbekistonning Estoniyaga tayinlangan yangi elchisi Timur Rahmonov 16-aprel kuni ushbu davlat prezidenti Alar Karisga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Muloqot chog‘ida Estoniya prezidenti Alar Karis O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarning izchil rivojlanayotganini yuqori baholadi. U ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Timur Rahmonov 2024-yil 13-mart kuni O‘zbekistonning Estoniyadagi elchisi sifatida Riga shahriga yetib borgan. U mazkur lavozimga tayinlanishidan oldin 2021 – 2024-yillarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, Timur Rahmonov 2024-yil 17-iyun kuni Latviya prezidenti Edgars Rinkevichsga, 2025-yil 11-fevral kuni Litva prezidenti Gitanas Nausedaga, 2025-yil 1-aprel kuni esa Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zRTXBga yangi boshqaruv raisi tayinlangani haqida yozgandi.

Shuningdek