Aholi uchun onlayn platforma ishga tushiriladi
eʼlon qilindi
2026-yildan esa aholi davlat xizmatlarini baholaydigan tizim joriy etiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xizmatlari shaffofligini oshirish maqsadida yangi chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bunday choralardan biri sun’iy intellekt asosida ishlaydi va aholining kundalik savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay javob beradigan onlayn platformaning ishga tushirilishi bo‘ldi.
Shuningdek, «Shaffof qurilish» tizimi xalqaro loyihalarga joriy etilib, yirik tenderlar raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkaziladi. 2026-yildan esa aholi davlat xizmatlarini baholaydigan tizim joriy etilib, qoniqarsiz deb topilgan rahbarlar shaxsan javobgar bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kasbiy ta’lim» platformasi ishlab chiqilishi haqida yozgan edik.