ITB O‘zbekistonda 58 ta maktab qurishga yordam beradi
eʼlon qilindi
Joriy yilda mamlakatimizda 112 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2025-yilda Islom taraqqiyot banki (ITB) ko‘magida mamlakatning turli hududlarida 58 ta zamonaviy maktab qurish rejalashtirilgan. Buning uchun $200 mln ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzuridagi ta’lim sifatini oshirish taqdimotida ma’lum qilindi.
Bu yil 233 ta maktabning 9 ming nafar 15 yoshli o‘quvchilari xalqaro PISA testini topshiradi.
Toshkent pedagogika universitetini o‘zgartirish va Milliy pedagogika universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, «Kelajak ustozlari» loyihasi boshlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi va pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishgani haqida yozgan edi.