Samsung qurilmalar uchun nosozlikni oldindan bildiruvchi sun’iy intellekt joriy etdi

22-aprel 2025 12:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Samsung
Samsung qurilmalar uchun nosozlikni oldindan bildiruvchi sun’iy intellekt joriy etdi / Foto: Mirroni/Depositphotos

Samsung kompaniyasi AI Pre-Care Notification nomli yangi xizmatni taqdim etdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Ushbu sun’iy intellektga asoslangan tizim maishiy texnikalarning ish faoliyatini kuzatib boradi va nosozlik ehtimolini oldindan aniqlab, foydalanuvchini ogohlantiradi. Masalan, muzlatkich foydalanuvchining odatlari va qurilma holatidan kelib chiqib, sovitish tizimidagi muammolar yoki sovutuvchi modda darajasining pasayishini oldindan bildiradi. Ogohlantirishlar SmartThings ilovasi orqali yuboriladi.

AI Pre-Care Notification hozirda Samsung kompaniyasining muzlatkich, konditsioner, havo tozalagich, kir yuvish mashinasi, quritgich, induksion plita, mikroto‘lqinli pech, robot changyutgich va idish yuvish mashinalarida mavjud. Xizmat faqat AI Subscription Club obunachilari uchun faol.

Samsung kompaniyasining bu innovatsiyasi foydalanuvchilarga texnik nosozliklarni erta aniqlashga yordam berib, xarajatlarni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung One UI 8.0 ni oladigan qurilmalarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek