Xitoy do‘konlarida mijozlarga iPhone 17 maketlari taqdim etilmoqda

22-aprel 2025 18:50 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xitoy do‘konlarida mijozlarga iPhone 17 maketlari taqdim etilmoqda / Foto: WCCF Tech

iPhone 17 smartfonlari chiqarilishiga hali to‘rt-besh oy vaqt bo‘lishiga qaramay, Xitoyda istagan har bir kishi allaqachon ushbu qurilmalarni «ushlab ko‘rishi» mumkin. Bu haqda WCCF Tech nashri ma’lum qildi.

Bu haqiqiy smartfonlar emas, balki ularning maketlaridir. Ular internetga sizib chiqqan CAD-modellarga asoslanib yaratilgan.

Xaridorlar e’tiborini ko‘proq iPhone 17 seriyasi tortmoqda, chunki unda butunlay yangi model – iPhone 17 Air paydo bo‘ladi. Bu model barcha avvalgi smartfonlarga nisbatan ancha yupqa bo‘lib, aynan shu jihat ayrim xaridorlar uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Qurilmaning shunchalik ingichkaligi uni qo‘lda ushlaganda mutlaqo boshqacha his uyg‘otadi va bu omil xarid qaroriga ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple 2027-yildan bukiladigan iPhone ishlab chiqarishi haqida yozgan edik.

Shuningdek