O‘zbekistondagi ovqatlanish shoxobchalarida mingdan ortiq xodimlar tibbiy ko‘riksiz ishlab kelgan

eʼlon qilindi
380 ta ovqatlanish shoxobchasidagi xodimlar
O‘zbekistondagi ovqatlanish shoxobchalarida mingdan ortiq xodim tibbiy ko‘riksiz ishlab kelgan / Foto: Pexels.com

Respublikadagi 380 ta ovqatlanish shoxobchasida mingdan ortiq xodimlar tibbiy ko‘riksiz ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2,8 ming nafardan ortiq xodimlar orasida 1 164 nafari (41 %) tibbiy ko‘riksiz ishlab kelmoqda. Hududlar kesimida quyidagicha ko‘rsatkich yuzaga kelgan:

HududlarO‘rganishlar olib borilgan korxonalar soniTibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar soni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi14 ta84 nafar (128 xodimdan)
Surxondaryo viloyati52 ta123 nafar (301 xodimdan)
Sirdaryo viloyati222 ta304 nafar (1,126 xodimdan)
Namangan viloyati11 ta163 nafar (185 xodimdan)
Jizzax viloyati33 ta337 nafar xodimning barchasi
Farg‘ona viloyati49 ta150 nafar (393 xodimdan)

O‘rganish jarayonida jami 410 nafar xodimga tibbiy ko‘rikdan o‘tishga sharoit yaratildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bugungi kunda 21 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryodagi korxonaga 2,3 mlrd so‘mlik noreal elektr qarzdorligi hisoblangangani haqida yozgandi.

Shuningdek