Olmazor tumanidagi ko‘chalarga nom berish bo‘yicha ovoz berish boshlandi
eʼlon qilindi
Ovoz berish 2025-yil 21-apreldan 5-maygacha davom etadi

Toshkent shahar hokimligi Olmazor tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash va takroriy nomlangan ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha aholi fikrini yig‘moqda. Ovoz berish 2025-yil 21-apreldan 5-maygacha davom etadi.
Fuqarolar o‘z fikrini quyidagicha bildirishi mumkin:
- Online: geonom.tashkent.uz orqali;
- Og‘zaki: +998 71 210 04 13 (ish kunlari 09:00 – 17:00);
- Yozma: 100060, Toshkent, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy;
- Elektron pochta: geonom@digitaltashkent.uz.
Takliflar «Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida»gi Qonunning 4-1-moddasiga asosan ko‘rib chiqiladi. Poytaxt aholisi faol ishtirok etishi so‘raladi, – deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi koʻchalardan biri ikki haftaga qisman yopilgani haqida xabar bergan edi.