Chevrolet Traverse avtomobilining yangi versiyasi Chilida taqdim etildi – foto

22-aprel 2025 15:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Chevrolet Traverse avtomobilining yangi versiyasi Chilida taqdim etildi / Foto: UzAutoMotors

General Motors Chevrolet Traverse avtomobilining yangi versiyasini Chilida taqdim etdi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar bermoqda.

Ayrim yirik bozorlarda ushbu modelning sotuvi pasaymoqda. Ushbu avtoulov 2024-yilda AQShda 105,8 ming dona (14 foizga kam), Kanadada 5,1 ming dona (9 foizga kam) sotilgan.

Biroq bu avtomobil markasi taslim bo‘lmay, boshqa bozorlarni — masalan, Chilini — zabt etishga harakat qilmoqda. Misol uchun, meksikalik xaridorlar o‘tgan yili 713 dona Traverse’ni tanlashgan. Bu 2023-yilga nisbatan 20 foizga ko‘p. Chevroletning ushbu modeli O‘zbekistonda o‘tgan yilda 517 dona sotilgan.

Traverse
Foto: GMAuthority

Model uch qatorli 2+2+3 interyeri, o‘z segmentidagi eng yaxshi yo‘lovchi va yuk maydoni, 17,7 dyuymli sensorli ekranli eng ilg‘or axborot-ko‘ngilochar tizimi bilan standart tarzda taqdim etiladi.

 Traverse
Foto: GMAuthority
Traverse
Foto: GMAuthority

Mexanik jihatdan, 2025-yilgi Traverse Midnight yangi turbo quvvatli 2,5 litrli I4 LK0 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, u 328 ot kuchi va 326 funt-fut moment ishlab chiqaradi va faqat GM’ning sakkiz pog‘onali avtomat uzatmasi bilan birlashtiriladi.

Avtomobil yirik radiator panjarasi, agressiv yoritish texnikasi, kuchli tayanch tom va ikkita quvurli bamperlardan iborat.

Traverse
Foto: GMAuthority

Ushbu avtomobilning narxi O‘zbekistonda $50 mingdan (657 mln so‘m) boshlanadi. Lotin Amerikasida esa $45 mingni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe modellarining jismoniy shaxslar uchun sotuvini to‘xtatgan edi.

Shuningdek