Humans’ga tegishli «Maroqand» to‘lov tashkiloti faoliyati tiklandi
eʼlon qilindi
Markaziy bank tomonidan

26-mart kuni Markaziy bank «Maroqand» to‘lov tashkilotiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning sentabr oyida Markaziy bankning nazorat qo‘mitasi tomonidan «Maroqand» AJ tomonidan taqiqlangan xizmatlar (qimor o‘yinlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yib kelgani sababli to‘lovlar bilan bog‘liq xizmatlari olti oyga cheklangandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, tashkilot Upay va Humans Pay tovar belgilariga ega. «Maroqand» asoschisi Humans Companies.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ILMA qonunlarga regulyator sifatida rasman kiritilgani haqida yozgandi.