Ertaga «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi

23-aprel kuni Toshkent shahri, Nukus va barcha viloyat markazlarida navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Aksiya sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, havo ifloslanishini kamaytirish va shaharlar markazlarida transport tirbandligini oldini olishga qaratilgan.
Shu kuni davlat tashkilotlari xodimlari hamda fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan voz kechib, jamoat transporti, piyoda yurish yoki ekologik toza vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Avtomobilsiz kun» har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilib kelinmoqda. Har bir fuqaroning ushbu aksiyadagi ishtiroki atrof-muhit holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Avvalroq Toshkent viloyatida Malayziya bilan golf kurorti qurilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgan edik.