Mercedes-Benz Vision V: kelajak avtomobili Shanxayda taqdim etildi

23-aprel 2025 06:43 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Mercedes-Benz Vision V
Mercedes-Benz Vision V: kelajak mashinasi Shanxayda taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Mercedes-Benz Shanxay avtosalonida futuristik interyeri va hashamatli yechimlari bilan ajralib turadigan Vision V konseptini namoyish etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Konsept VAN.EA platformasida qurilgan bo‘lib, yopiq qalqon shaklidagi panjara, yoritilgan Mercedes emblemasi va zamonaviy orqa chiroqlar bilan diqqatga sazovor.

Ichkarida esa faqat to‘rt o‘rindiqli VIP-zal makoni taqdim etilgan. Yog‘och, ipak, Nappa terisi va alyuminiy kabi materiallar qo‘llanilgan. 42 dinamikli Dolby Atmos tizimi, yotishga mos o‘rindiqlar, 65 dyuymli proyeksiya ekrani va shaffof shaxmat doskasi kabi yechimlar mavjud.

Mercedes ushbu kontsepti asosida 2026-yilda VLS va VLE deb nomlanuvchi ishlab chiqarish versiyalarini taqdim etishni rejalashtirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Mercedes-Maybach S-Class taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek