23-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor
23-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi / Foto: Pexels.com

23-aprel kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli mavjud, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida ob-havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Harorat 23-25° atrofida iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda quyoshli kun hukm suradi – yog‘ingarchilik yo‘q, harorat kunduzi 28-33° gacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiyda osmon biroz bulutli, ammo yomg‘ir yo‘q. Harorat 24-29° atrofida iliq bahoriy ob-havo.

Toshkent viloyatida ham kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° atrofida bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda osmon ochiq, iliq bahoriy havo hukm suradi. Kunduzi 28° gacha iliqlik kuzatiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa oftob charaqlab, havoda tetiklik seziladi. Harorat kunduzi 29° gacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan, Farg‘onada esa kun o‘zgaruvchan – ayrim hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° gacha ko‘tarilishi mumkin.

Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va sel xavfi mavjud. Harorat salqin: 12-17° oralig‘ida bo‘ladi.

Shuningdek