Farg‘onada Fargo-Gold brendi bilan zargarlik buyumlari chiqariladi

eʼlon qilindi
Loyiha 2025-yil may oyidan boshlanadi
zargarlik
Farg‘onada Fargo-Gold brendi bilan zargarlik buyumlari chiqariladi / Foto: torychemistry / www.depositphotos.com

Farg‘ona viloyatida Fargo-Gold brendi ostida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimi Hayrullo Bozorov Turkiyadan kelgan investorlar bilan uchrashuv paytida ma’lum bo‘ldi.

Loyihaning amalga oshirilishi 2025-yil may oyidan boshlanishi ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlab chiqarish natijasida 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Turkiyalik investorlar, shuningdek, qurilish sohasi bo‘yicha ham yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan zargarlik sohasi uchun yangi soliq imtiyozlari joriy etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek