O‘zbekistonliklar Qatarda ishga taklif qilinmoqda — ish haqi $2000

Qatar davlatida yurtdoshlarimiz bort kuzatuvchiligi kasbi bo‘yicha ishga taklif qilinadi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.
Nomzodlarga 21-30 yosh orasida bo‘lgan sudlanmagan va chet elga chiqish taqiqida bo‘lmaganlik talabi qo‘yiladi. Shuningdek, bo‘yi 1,65 smdan yuqori bo‘lishi shart. Tanasida chiziq va orttirilgan belgilar bo‘lmasligi muhim.
Eng kam ish haqi $2000 dan boshlanadi. Ariza topshirish uchun ushbu havola ustiga bosing.
Qo‘shimcha savollar yuzasidan «GlobalHR» xususiy bandlik agentliklari mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin:
95-839-99-99
95-933-09-99
95-757-99-90
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bolgariyada ishlash niyatida bo‘lgan o‘zbekistonliklar kuryer sifatida faoliyat yuritishi mumkinligi haqida yozgan edi.