Chirchiq daryosi yaqinida noqonuniy qazish ishlari: 4,3 mlrd so‘mlik ekologik zarar

eʼlon qilindi
Ekologiya boshqarmasi va viloyat IIBB tomonidan aniqlandi
Yuqori Chirchiqda tabiatga 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi / Foto: Ekologiya vazirligi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ekologiya boshqarmasi va viloyat IIBB tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Chirchiq daryosi yaqinidagi hududda yuk mashinalariga ruxsatsiz qum-shag‘al yuklab berilayotgani fosh etildi.

Holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilayotganda, ayrim haydovchilar voqea joyidan yashirindi. Ushbu harakatlar bilan ular ekologiya va yer osti boyliklari haqidagi qonunlarni buzgan.

Natijada tabiatga 4,3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek