Gulnora Karimova tomonidan oʻzlashtirilgan $95 mln Oʻzbekistonga qaytarilgani aytildi

eʼlon qilindi
Jami $131 mlnlik mablagʻni mamlakatimizga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan
Gulnora Karimova tomonidan oʻzlashtirilgan $95 mln Oʻzbekistonga qaytarildi. Foto: TASS

Gulnora Karimova tomonidan noqonuniy oʻzlashtirilgan $95 mln Shveysariyadan Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilkarimov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Fozilkarimovning ta’kidlashicha, jami $131 mlnlik mablagʻni mamlakatimizga qaytarish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Shuningdek, Karimovadan ayni paytgacha mamlakatga kelib tushgan $87 million ta’lim va tibbiyotni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgani aytildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida Belgiya hukumati Toshkentga $108 million oʻtkazdi. Pul Karimovaga tegishli boʻlishi mumkin. U Oʻzbekistonda ishlash huquqi uchun xorijiy telekompaniyalardan pora olganlikda ayblangan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Oliy sudi Gulnora Karimovaning ozod etilgani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek