Yangi BMW 3 Sereis taqdim etildi – foto, narx

24-aprel 2025 15:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
BMW 3 Sereis
Yangi BMW 3 Sereis taqdim etildi / Foto: BMW

Shanxayda bo‘lib o‘tgan avtoko‘rgazmada BMW 3 Sereis sedanining maxsus versiyasini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Ushbu model 2500 ta mashina bilan cheklanadi va faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqariladi. Uning narxi konfiguratsiyaga qarab $47 mingdan boshlanadi.

BMW 3 Sereis
Foto: BMW

Uning tashqi ko‘rinishi avval faqat BMW dasturida mavjud bolgan yaltiramaydigan kulrang bilan ajralib turadi. Dizayn yangi 19 dyuymli g‘ildirak jantlari bilan to‘ldirilgan. Ichki qismida Xitoy bozori uchun birinchi marta qo‘llanilgan Alcantarali o‘rindiqlar, rul va eshik panellari mavjud.

BMW 3 Sereis
Foto: BMW

Model ruldagi qizil marker, 50 Years yozuvli o‘ymakorligi bilan qoplangan qoplama, shuningdek, bosh o‘rindiqlar va texnik uzatmalarni boshqarish moslamasiga ega.

Avtomobil 2,0 litrli turbo dvigatel va 8 pog‘onali ZF avtomat uzatma qutisi bilan jihozlangan. Benzinli modifikatsiyadan tashqari, Xitoy uchun moslashtirilgan i3 ning elektr versiyasi ham taqdim etilgan.

Multimedia tizimi BMW OS asosidagi «nol darajali» interfeysga ega bo‘lib, funksiyalarga keraksiz o‘tishlarsiz tezkor kirishni ta’minlaydi va buyruqlarga kalit iboralarsiz javob beradigan aqlli ovozli yordamchiga ega.

Ushbu modelning global bozorga chiqishi aniq emas. Ishlab chiqaruvchilar faqat Xitoylik xaridorlari uchun taqdim etganini qayd etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yangi BMW X3 M50 taqdimoti Milanda Salone del Mobile 2025 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek