Gurbanguli Berdimuhamedov «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

eʼlon qilindi
Mukofotni Shavkat Mirziyoyev topshirdi
Gurbanguli Berdimuhamedov «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekistonning yuksak davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini tantanali topshirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Marosimda Gurbanguli Berdimuhamedovning 2025-yilni «Tinchlik va ishonch yili» deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlangani ta’kidlandi.

«Shaxsan sizning ko‘magingiz bilan 2017-yilda mamlakatlarimiz strategik sherikligining mustahkam asosi yaratildi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda Ashxobod va Toshkentda Maxtumquli asarlarining o‘zbek tilidagi to‘plami taqdimot qilingani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqandga tashrifi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek