BI Groupʼga tegishli kompaniya Oʻzbekistonda texnologik korxona tashkil etmoqda

eʼlon qilindi
Ustav kapitali $10 ming
BI Groupʼga tegishli kompaniya Oʻzbekistonda texnologik korxona tashkil etmoqda / Foto: bi.group

Qozogʻistonning yirik qurilish va koʻchmas mulk kompaniyasi BI Group tarkibidagi BI Development Oʻzbekistonda ustav kapitali $10 ming boʻlgan property tech yoʻnalishidagi kichik kompaniya tashkil etmoqda. Bu haqda KASE — Qozogʻiston fond birjasi rasmiy saytida xabar berildi.

Yangi kompaniya Xorazm viloyatining Pahlavonlar mahallasida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Uning rahbarligiga 31 yoshli Damirjan Maxambetov tayinlangan. Rasmiy hujjatlarga koʻra, asosiy faoliyat turi sifatida «Boshqa dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish» koʻrsatilgan.

Property technology (PropTech) – bu koʻchmas mulk sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sotib olish, sotish, ijaraga berish, boshqarish, tahlil qilish va xizmat koʻrsatish kabi jarayonlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yoʻnalishdir. U turli dasturiy ta’minot va texnologik yechimlarni oʻz ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, BI Development kompaniyasining yakuniy nazorat qiluvchi tomon qozogʻistonlik milliarder Aydin Rahimboyev boʻlib, Forbes reytingida $886 million boylik bilan mamlakatning eng boy insonlari orasida 11-oʻrinni egallaydi.

Kompaniya guruhi koʻchmas mulk qurish, sotish va keyinchalik boshqarish bilan shugʻullanadi. Hozirda u jami 174 ta kompaniyani oʻz ichiga oladi. 2024-yilda BI Group’ning sof foydasi 78 milliard tengeni tashkil qilgan.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek