Jizzax shahriga 22 dona yangi avtobus olib kelindi

eʼlon qilindi
2025-yil yakunigacha yana 30 dona avtobus keltiriladi
Jizzax shahriga 22 dona yangi avtobus olib kelindi / Foto: Transport vazirligi

Jizzax shahrida jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash maqsadida «Oybek supertrans» MCHJ tomonidan 22 dona Zong Tong rusumli zamonaviy avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, avtobuslar shahar ichidagi yo‘nalishlarga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi. Mazkur ishlar prezidentimizning 2023-yil 16-fevraldagi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq mart oyida «Jizzax orient trans» tomonidan 30 ta, aprel oyida esa «Jizzax Avtotrans Servis» tomonidan 8 ta avtobus olib kelingan edi. Yil yakunigacha yana 30 dona avtobus keltirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avtobus yo‘lagidan yurgan haydovchilar 1,125 ming so‘m jarima to‘lashi haqida yozgan edik.

Shuningdek