«Ipoteka-bank» 2025-yil I choragida 37,8 milliard so‘m zarar ko‘rdi

eʼlon qilindi
Muammoli kreditlar hajmining oshgani sababli
«Ipoteka-bank» 2025-yil I choragida 37,8 mlrd so‘m zarar ko‘rdi / Foto: Ipoteka-bank

2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, «Ipoteka-bank» 37,8 mlrd so‘m sof zarar bilan ishladi. Bank Korporativ axborot yagona portalida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagi 3,6 mlrd so‘mlik foyda bilan solishtirganda keskin pasayishni anglatadi.

Zararning asosiy sababi sifatida muammoli kreditlar hajmining oshgani ko‘rsatilmoqda. Kreditlar va lizing bo‘yicha ehtimoliy zararlar 948,5 mlrd so‘mdan 1,6 trln so‘mga ko‘tarilgan.

Bankning umumiy kredit portfeli yil davomida 7% ga kamayib, 34,4 trln so‘mni tashkil etdi. Muammoli kreditlar ulushi esa 7,5% dan 10,2% gacha oshib, 3,5 trln so‘mga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida ham «Ipoteka-bank» O‘zbekistondagi banklar orasida muammoli kreditlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Shuningdek