Kia EV4 elektromobilining narxi qancha

25-aprel 2025 15:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Kia EV4 elektromobili
Kia EV4 elektromobili / Foto: Kia

Nyu-York avtosalonida Kia EV4 elektromobili taqdim etildi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Kia EV4 E-GMP platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, 201 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan. Model uch xil variantda taqdim etiladi: Light, Wind va GT-Line.

Asosiy Light versiyasi 58,3 kVt/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lib, bir quvvatlanishda 378 km masofani bosib o‘ta oladi. Wind va GT-Line versiyalarida esa 81,4 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, ular 531 kmgacha yurish imkonini beradi.

O‘lchamlari jihatidan Kia EV4 benzinli Kia K4 modeliga yaqin. Shahar sharoitida elektromobil izlayotganlar uchun EV4 amaliy va zamonaviy tanlov hisoblanadi. Modelning boshlang‘ich narxi $37 mingni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri foydalanilgan Kia Sportage afzalligi va imkoniyatlarini o‘rgangani haqida yozgan edi.

Shuningdek