Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi
eʼlon qilindi
-66 kg vazn toifasida

Tailandning Bangkok shahrida boshlangan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining ilk kunida o‘zbekistonlik sportchi Zamoxshari Bekmurodov kumush medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Bekmurodov finalgacha kuchli raqiblarini mag‘lub etdi. Biroq oltin medal uchun bahsda u yaponiyalik jahon chempioni Ryoma Tanakaga qo‘shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident futbol bo‘yicha Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblarini «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlagan edi.