
Chevrolet Spark – bu shahar sharoitida harakatlanish uchun yaratilgan ixcham va ishonchli avtomobildir. «Kursiv» nashrining navbatdagi maqolasida ushbu modelning rivojlanish bosqichi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Dastlab avtomobil 1998-yilda Daewoo Matiz nomi ostida taqdim etilgan bo‘lib, keyinchalik General Motors (GM) uni global bozor uchun Chevrolet Spark nomi bilan ishlab chiqara boshladi.

Spark avtomobili 4 ta asosiy avloddan iborat. Dastlabki ikki avlodda 0.8L va 1.0L hajmdagi benzinli dvigatellar qo‘llanilgan. Uchinchi avlod zamonaviy dizayn, LED chiroqlar va hatto Spark EV elektr versiyasi bilan mashhur bo‘ldi. So‘nggi – to‘rtinchi avlod Spark (2015 – 2022) esa 1.4L dvigatel, Apple CarPlay va CVT avtomatik uzatma bilan jihozlangan.
Spark avtomobili yoqilg‘i tejamkorligi, qulay boshqaruv va ixcham o‘lchamlari tufayli yosh haydovchilar hamda shahar hayoti uchun juda mos deb hisoblanadi.

Matiz (1998–2005)
U Italdesign Giugiaro tomonidan ishlab chiqilgan dizaynda taqdim etilgan. 1998-yildan boshlab ishlab chiqila boshlagan. U kichik va ixcham shahar avtomobili.

Chevrolet Spark (2005–2010)
Matizning GM ostida qayta brendlangan ushbu versiyasi yengil dizayn o‘zgarishlari bilan taqdim etilgan. U shahar ichi sayohatlari uchun taqdim etilgan.

Chevrolet Spark (2010–2015)
Sparkning bu versiyasi zamonaviy dizayn va LED chiroqlar bilan jihozlangan.

Chevrolet Spark (2015–2022)
Ushbu model yangi dizayn va texnologiyalar bilan jihozlandi. U Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatloviga ega.
Modellar bilan ushbu jadvalda tanishishingiz mumkin:
Avlod | Yillar | Dvigatel (tip/ hajm) | Ot kuchi (HP) | Uzatmalar qutisi | Yoqilg‘i sarfi (l/100 km) | Max tezlik (km/soat) |
---|---|---|---|---|---|---|
Daewoo Matiz (1-avlod) | 1998–2005 | 0.8L 3 silindrli benzinli | 51 HP | 5-bosqichli mexanik | 5.6 – 6.2 | 144 |
Spark M200 (2-avlod) | 2005–2010 | 0.8L / 1.0L benzinli | 52–65 HP | 5-bosqichli mexanik | 5.5 – 6.0 | 145 – 155 |
Spark M300 (3-avlod) | 2010–2015 | 1.0L / 1.2L benzinli | 68–82 HP | 5-MT yoki 4-AT | 5.1 – 6.0 | 160 – 170 |
Spark EV (M300) | 2013–2016 | Elektr (105 kVt) | ~140 HP | 1 bosqichli avtomat | 0 (EV) | 145 |
Spark M400 (4-avlod) | 2015–2022 | 1.0L / 1.4L benzinli | 98 HP | 5-MT yoki CVT | 5.2 – 5.6 | 160 – 170 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Gentra yordamida pul topish yo‘llari haqida yozgan edi.